Asosiy kontentga oʻtish

Maxfiylik

Oxirgi yangilanish: 2026-yil 1-oktabr

Vaqtinchalik matn
Bu qisqa bildirishnoma yurist tayyorlaydigan toʻliq maxfiylik siyosati eʼlon qilinguncha amal qiladi.

Qanday maʼlumotlarni yigʻamiz

  • Waitlist va oldindan buyurtma: email manzilingiz, qaysi sahifadan yozilganingiz, brauzer turi (user-agent) va IP manzilning qaytarib boʻlmaydigan qisqa xeshi (IP manzilning oʻzi saqlanmaydi).
  • Hisob ochsangiz: email, parol (Supabase tomonidan shifrlangan xesh koʻrinishida saqlanadi — biz uni koʻrmaymiz), foydalanuvchi nomi va ism (agar kiritsangiz), yoqtirgan va saqlagan promptlaringiz.
  • Brauzeringizda: tanlangan mavzu (tungi yoki kunduzgi) va kirish sessiyasi saqlanadi. Katalogda orqaga qaytganda sahifa oʻsha joydan ochilishi uchun koʻrilgan roʻyxat vaqtincha saqlanadi va brauzer oynasi yopilganda oʻchadi.
  • Analitika: hozir alohida analitika xizmati ulanmagan. Ulansak, u anonim boʻladi va bu sahifada yozamiz.

Nima uchun

  • Yangi promptlar, Pro va doʻkon ochilishi haqida sizga xabar berish.
  • Hisobingizga kirish, promptlarni saqlash va yoqtirish.
  • Saytni suiisteʼmol va spamdan himoya qilish.

Maʼlumotlaringizni sotmaymiz va reklama uchun uchinchi shaxslarga bermaymiz.

Kim qayta ishlaydi

Supabase
Maʼlumotlar bazasi va hisoblar: email, profil, saqlangan va yoqtirilgan promptlar, waitlist roʻyxati. Roʻyxatdan oʻtish va kirish xatlarini ham yuboradi.
Vercel
Saytni joylashtirish (hosting). Soʻrovlarning texnik loglarini (IP manzil, brauzer turi, vaqt) qisqa muddat saqlaydi.
Telegram
Waitlistga yangi yozuv qoʻshilganda jamoamizga ichki xabar keladi; bu xabarda email manzil boʻlishi mumkin.

Bu xizmatlarning serverlari Oʻzbekistondan tashqarida joylashgan.

Qancha saqlaymiz va huquqlaringiz

Waitlist emaili — siz oʻchirishni soʻraguningizcha yoki loyiha yopilguncha. Hisob maʼlumotlari — hisobni oʻchirguningizcha. Istalgan vaqtda maʼlumotlaringiz nusxasini olish, ularni tuzatish yoki oʻchirishni soʻrashingiz mumkin.

Aloqa

Savol yoki soʻrov boʻlsa, bizga Telegram orqali yozing.